22:18 / 08.09.2021
2 094

Qatar Airways O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi

Qatar Airways O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi
Foto: Facebook / Qatar Airways
Qatar Airways aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi, deb xabar bermoqda «O‘zaviatsiya» agentligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim asosida «O‘zaviatsiya» agentligi tomonidan Qatar Airways aviakompaniyasiga 7 sentabrda Doha—Toshkent—Doha yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi.

Aviakompaniya parvozlarni Airbus 320, Airbus 321, Airbus 350, Boeing 777 va Boeing 787 havo kemalarida amalga oshiradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Qatar hukumatlari o‘rtasida «Havo qatnovi to‘g‘risida»gi bitim 2021 yilning iyunida imzolangandi. Unga ko‘ra, Doha—Toshkent—Doha yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Dunyo axborot agentligi ushbu hujjat ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga ijobiy turtki berishini, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish uchun yangi istiqbollarni ochishi va o‘zaro manfaatli aviatashuvlar bozorini shakllantirishga ko‘maklashishini qayd etgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qatar Airways O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi