16:50 / 09.09.2021
2 048

Shavkat Mirziyoyev: «Chegaralarimiz xavfsizligini yanada mustahkamlaymiz»

Shavkat Mirziyoyev: «Chegaralarimiz xavfsizligini yanada mustahkamlaymiz»
Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining s’ezdidgi nutqi davomida mamlakat Qurolli kuchlari yanada kuchaytirilishini ta’kidlab o‘tdi.

— Dunyodagi hozirgi murakkab vaziyat, qo‘shni mintaqalardagi ziddiyat va qurolli nizolar O‘zbekiston Respublikasining xavfsizligi va tinchligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratishni taqozo etmoqda.

Biz o‘tgan davrda yangilangan Mudofaa doktrinasi asosida Qurolli Kuchlarimiz faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqib, takomillashtirmoqdamiz.

Qo‘shinlarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimini chuqur isloh qildik. Armiyamiz eng zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika bilan, ta’minlanmoqda.

Bugun Qurolli Kuchlarimiz har qanday tashqi xavf-xatarlarga, turli tajovuz va tahdidlarga qat’iy zarba berishga qodir bo‘lgan yaxlit va ishonchli kuchga aylanmoqda.

Yaqinda 42 ta davlat vakillari ishtirokida o‘tkazilgan nufuzli «Armiya – 2021» xalqaro o‘yinlarida, askarlarimiz faxrli 2-o‘rinni egalladi.

Bu milliy armiyamizning qudrati, harbiy xizmatchilarimizning vatanparvarligi va jangovar ruhi yuqori ekanini yana bir bor namoyon etdi.

Kelgusida ham mamlakatimiz mudofaa salohiyati va harbiy qudratini yanada mustahkamlash bo‘yicha aniq va manzilli ishlarni davom ettiramiz.

Eng avvalo, Qurolli Kuchlarning jangovar shayligini, uning imkoniyatlari va qobiliyatini kuchaytirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqib, tizimli amalga oshiramiz.

Shu bilan birga, mamlakatimizni havo hujumidan himoya qilish tizimi ham, davr talablaridan kelib chiqib, yanada kuchaytiriladi.

Chegaralarimiz xavfsizligini zamonaviy kommunikatsiya vositalari va texnik inshootlarni keng qo‘llash orqali, yanada mustahkamlaymiz.

Shuningdek, harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolarining ijtimoiy himoyasini har tomonlama kuchaytiramiz, — dedi davlat rahbari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: «Chegaralarimiz xavfsizligini yanada mustahkamlaymiz»