Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov barcha bloger va jurnalistlarni Shavkat Mirziyoyevga ovoz berishga chaqirdi. Bu haqda u “Telegram”dagi kanalida post joylashtirdi.
“Shavkat Mirziyoyev davrida matbuotning “tili chiqdi”. Albatta oson bo‘lmadi, oson bo‘lmayapti va oson bo‘lmaydi ham. To‘g‘ri gap tuqqaninga yoqmaganidan keyin begonaga yoqarmidi. Lekin to‘g‘ri gapsiz yolg‘on ko‘payadi. Yolg‘onchilar ko‘payadi. Rivojlanish bo‘lmaydi, xato ko‘payadi, fayz-baraka qochadi”, deb yozadi Komil Allamjonov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev tomonidan kelgusida ham xolis matbuot qo‘llab-quvvatlanishi, doim himoya qilinishi ta’kidlangan.
“Shaxsan men uchun bu juda quvonarli. Men albatta Shavkat Mirziyoyevga ovoz beraman va barcha bloger va jurnalistlarni bizning qadrimizga yetayotgan insonga ovoz berishga chaqiraman”, deydi Komil Allamjonov. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi