11:30 / 10.09.2021
2 405

Toshkentda taksi haydovchisi yo‘lovchi qizning yuziga musht tushirdi

Toshkentda taksi haydovchisi yo‘lovchi qizning yuziga musht tushirdi
Toshkentda taksi haydovchisi 21 yoshli qizga qo‘l ko‘tardi, deya xabar bermoqda «Nemolchi.uz». Qayd etilishicha, 21 yoshli qiz Toshkent viloyati «Quyoshcha» savdo majmuasi yonidagi YPX posti atrofidan taksiga chiqqan. Yo‘l davomida haydovchi qizga turli noqulay savollar bera boshlagan. Xususan, uning uy manzili va boshqa shaxsiy ma’lumotlarni so‘ragan.

Yo‘lda mashina orqa o‘rindig‘idagi ikki yigit tushib qolgandan keyin haydovchi qizdan uning savollariga javob berishni talab qila boshlagan. Shunda qiz unga shaxsiy savollar berayotgani uchun jim ketayotganini aytib, manziligacha yetkazib qo‘yishni so‘ragan.

Shunga qaramasdan haydovchi savollar berishni to‘xtatmay, qizga tegajog‘lik qilishni boshlagan.

Shundan so‘ng qiz mashinani zudlik bilan to‘xtatishni talab qilgan, biroq haydovchi bunday qilmagach qiz mashina eshigini ochib tushib qolmoqchi bo‘lgan. Mashina to‘xtagandan keyin yo‘lovchi qiz taksi haydovchisiga 5000 so‘m berib, tushib ketgan. Haydovchi bunga e’tiroz bildirib, avvaldan kelishilgan 8000 so‘m berishini talab qilgan.

O‘rtada yuzaga kelgan tortishuv davomida haydovchi qizning yuziga mush tushirgan. Zarb oqibatida qiz yerga yiqilib tushgan. Haydovchi esa ketib qolgan.

Toshkent shahar IIBB xabar berishicha, holat Chilonzor tumani IIO FMB rahbariyatining nazoratiga olingan. 21 yoshli A.P.ga sud-tibbiy ekspertizasi belgilangan. Tergov oldi tekshiruvlari olib borilmoqda, uning natijalariga ko‘ra qonuniy chora ko‘rilishi ma’lum qilingan.

Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov «yuqoridagi holat o‘rganilayotganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlanishicha, barcha ishtirokchilarning shaxsi aniqlangan, ularning harakatlariga huquqiy baho beriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda taksi haydovchisi yo‘lovchi qizning yuziga musht tushirdi
[/banner_pushhouse