21:50 / 10.09.2021
5 587

«O‘zgidromet» ochiq kiyimda ob-havo ma’lumotini e’lon qilgan qiz videosiga munosabat bildirdi

«O‘zgidromet» ochiq kiyimda ob-havo ma’lumotini e’lon qilgan qiz videosiga munosabat bildirdi
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda kalta shortik va yelkalari ochiq kiyimda ob-havo haqida ma’lumot berayotgan qiz videosi tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Respublika Gidrometeorologiya markazi bunga munosabat bildirdi.

Unda aytilishicha, «O‘zgidromet» respublikada aholini ob-havo bilan ta’minlovchi vakolatli organ va ishonchli ma’lumotlarning rasmiy manbai hisoblanadi. Respublikada televideniye, radiokanallar, internet resurslar, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinadigan axborot ma’lumotlari qonunchilikka muvofiq havola qilinadi.

Shuni e’tiborga olib, OAV orqali ob-havo ma’lumotlari e’lon qilinayotganda ma’lumotlarning manbasi «O‘zgidromet»dan olingani ta’kidlanishi kerak.

«Bu kabi ob-havo ma’lumotlarining berilish shakli boshlovchilarning diktorlarning tashqi ko‘rinishiga kelsak, albatta, bu oddiy etika qoidalariga rioya qilinishi kerak. Bu jihatni kuzatish yoki unga baho berish tegishli mutasaddi tashkilotlarga havola», — deyiladi markaz munosabatida.

Ushbu videolavha qayerda e’lon qilingani noma’lum. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining taxminicha, bu mahalliy telekanallardan birining tajriba loyihasi bo‘lishi mumkin. Ayrimlar videolavha montaj ekanligini, bunday ko‘rinishda mahalliy telekanallarda efirga uzatilishiga yo‘l qo‘yilmasligini ta’kidlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «O‘zgidromet» ochiq kiyimda ob-havo ma’lumotini e’lon qilgan qiz videosiga munosabat bildirdi