17:00 / 11.09.2021
2 420

Sobiq hisobchining kirdikorlari fosh bo‘ldi

Sobiq hisobchining kirdikorlari fosh bo‘ldi
Foto: Prokuratura departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda sobiq hisobchining kirdikorlari ochildi.

Qayd etilishicha, «S.L.» MCHJ shaklidagi xorijiy korxonasi sobiq bosh hisobchisi N.Ye. 2020 yil va joriy yilning o‘tgan 5 oyida korxonaning jami 8,7 mlrd so‘m mablag‘ini o‘zining shaxsiy plastik kartasiga o‘tkazib talon-toroj qilgan. Shuningdek, jinoiy yo‘l bilan orttirgan daromadiga qonuniy tus berish maqsadida 478 726 AQSH dollari xarid qilib, shundan 214 926 AQSH dollarini Moskva shahridagi bankomatlardan naqdlashtirib olib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarini legallashtirganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sobiq hisobchining kirdikorlari fosh bo‘ldi