00:19 / 13.09.2021
2 749

«Malika» savdo majmuasi oldida sotuvchilar o‘rtasida pichoqbozlik yuz berdi

«Malika» savdo majmuasi oldida sotuvchilar o‘rtasida pichoqbozlik yuz berdi
Toshkentdagi «Malika» savdo majmuasi oldida pichoqbozlik bo‘lgani haqida video tarqaldi. Poytaxt IIBB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 12 sentabr kuni taxminan soat 12:00 larda Shayxontohur tumani KXAY va Labzak ko‘chalari kesishmasi yonida joylashgan kafening oldida «Malika» savdo majmuasida telefon savdosi bilan shug‘ullanuvchi bir nechta fuqarolar o‘rtasida janjal yuzaga kelgan.

Janjal oqibatida 1977 yilda tug‘ilgan T.B. ko‘krak qafasi sohasida sanchilib kesilgan jarohatlari bilan vafot etgan. Shuningdek, 1988 yilda tug‘ilgan M.A. bir necha joyidan sanchilib kesilgan jarohatlari bilan tibbiyot muassasasiga olib borilgan.

Jinoyatni sodir etishda gumonlanayotganlarni aniqlash, shuningdek, jinoyat guvohlari bilan tergov harakatlarini amalga oshirish uchun janjalda ishtirok etgan barcha shaxslar ichki ishlar bo‘limiga olib borilgan. Ushbu shaxslarni ichki ishlar bo‘limiga olib borish jarayoni aks etgan video, shuningdek, voqea joyini o‘rab olib ko‘zdan kechirish jarayoni aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Malika» savdo majmuasi oldida sotuvchilar o‘rtasida pichoqbozlik yuz berdi