23:43 / 13.09.2021
2 589

Nayrang ish bermadi

Nayrang ish bermadi
Bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda. Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati hamda Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tezkor tadbir davomida fuqaro X.F. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi Yashnobod tumanidagi xonadonlardan birida to‘xtagan vaqtida o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtotransport vositasining yukxonasida 9000 qutida xorijda ishlab chiqarilgan turli nomdagi O‘zbekiston aksiz markasi bilan markalanmagan tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.

Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilib mazkur xonadon xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, bu yerda 5990 qutida turli nomdagi xorijda ishlab chiqarilgan, O‘zbekiston aksiz markasi bilan markalanmagan tamaki mahsulotlari, 900 dona “tropikamid” nomli, 950 ta kapsula “Selofen” nomli, 112 ta kapsulada “Lirika” nomli va 1232 dona kapsulada “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari hamda xonadondagi transport vositasidan tamaki qutisi ichida 0,59 gr. “gashish” giyohvandlik vositasi, 1 dona angishvonada “gashish” giyohvandlik vositasi qoldiqlari borligi aniqlandi.

Shunday qilib, o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida 277 315 000 so‘mlik jami 14 990 qutida tamaki mahsulotlari shuningdek 196 192 000 so‘mlik “tropikamid”, “selofen”, “regapen” va “lirika” nomli kuchli ta’sir etuvchi dori vositalarining noqonuniy aylanuvi oldi olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nayrang ish bermadi