00:05 / 14.09.2021
2 974

Bojxona posti xodimi qo‘lga olindi

Bojxona posti xodimi qo‘lga olindi
Foto: Buxoro viloyati IIB
Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda 2021 yil 11 sentabr kuni taxminan soat 21:10 larda Buxoro shahar, Mustaqillik ko‘chasida joylashgan «Shafran» kafesi oldida, «Qorako‘l» tashqi iqtisodiy faoliyati bojxona postining Bojxona ko‘rigi va rasmiylashtiruvi guruhi katta inspektori xizmat mavqeidan foydalanib, o‘zga bir fuqaroning ishonchini suiiste’mol qiladi.

U bojxona postida ishlovchi yuqori lavozimdagi tanishlari orqali uning Turkmaniston Respublikasi hududidan keladigan yuk vagonlarini kompleksda turmagan deb ko‘rsatib, kunlik omborxona to‘lovlari to‘lanmaydigan holda deklaratsiya rasmiylashtirib berish evaziga undan talab qilgan 400 AQSH dollarini o‘ziga tegishli bo‘lgan «Lassetti» avtomashinasi salonida olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bojxona posti xodimi qo‘lga olindi