10:45 / 15.09.2021
2 620

«Land Cruiser» yo‘lovchisi shubha uyg‘otdi va tekshirilganda...

«Land Cruiser» yo‘lovchisi shubha uyg‘otdi va tekshirilganda...
2021 yil 14 sentabr kuni Toshkent shahar, Olmazor tumani hududida joylashgan «Mineral suvlar» blok-postida xizmat olib borgan YPX xodimi U.Mahkamov tomonidan «Toyota Land Cruiser» rusumli avtomobil to‘xtatilgan.

Tekshiruv davomida salonda bo‘lgan yo‘lovchi, 1971 yilda tug‘ilgan B.T. turli xatti-harakatlari bilan xodimda shubha uyg‘otgan.

Xolis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruv davomida mazkur yo‘lovchining cho‘ntagidan, qog‘oz bo‘lagiga o‘ralgan, yashil rangli, o‘tkir hidli giyohvandlik vositasiga o‘xshash modda topilgan.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro B.T. va topilgan modda tuman IIO FMBga topshirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Land Cruiser» yo‘lovchisi shubha uyg‘otdi va tekshirilganda...