18:00 / 16.09.2021
1 097

Toshkentda yigiti tashlab ketgan qiz o‘zini 8-qavatdan tashlamoqchi bo‘ldi

Toshkentda yigiti tashlab ketgan qiz o‘zini 8-qavatdan tashlamoqchi bo‘ldi
Toshkentning Yakkasaroy tumanida 9 qavatli uyning 8-qavatidan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan qiz qutqarildi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea 13 sentabr kuni soat 09:30 lar atrofida yuz bergan. Shu uyda yashovchi kishi bunga guvoh bo‘lib, zudlik bilan IIBga xabar bergan va ular 5-6 daqiqada yetib kelgan. Qiz ko‘p qavatli uy pod’ezdi 7 va 8-qavatlari o‘rtasidagi derazaning tashqarisida bo‘lgan.

U o‘zini tashlash bilan qo‘rqitib, hech kimni yoniga yaqinlashtirmagan va muzokara olib borishdan bosh tortgan. 40 daqiqa davomida 8-qavatda qolib ketgan qiz vaqt o‘tgan sari holdan toyib borgan. Yakkasaroy tumani 1-son IIB boshlig‘i uni tinchlantirish maqsadida muloqotga kirishgan. Birinchi navbatda, nima bo‘lganini so‘raganida qiz rus tilida «yashagim kelmayapti, yigitim tashlab ketdi», — deb javob bergan.

Shundan so‘ng IIB xodimi yigitining telefon raqamini olgan va u bilan gaplashib, shunday holat bo‘lganini, yetib kelishini tushuntirgan. Qizga esa hammasi joyida bo‘lishini, yigit kelib kechirim so‘rashini aytib, tinchlantirgan. Shu payt uning bo‘shashganini ko‘rgan IIB xodimi telefonni tashlab, qizning qo‘lidan ushlab olgan. Bir necha IIB xodimlari yordami bilan u derazadan chiqarib olinib, qutqarilgan.

Xabarda aytilishicha, o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan fuqaro 1994 yilda tug‘ilgan, Sergeli tumanida yashovchi Luiza ismli qiz bo‘lgan. U kuchli ruhiy tushkunlik ta’sirida o‘z joniga qasd qilishga uringan.

Ayol bilan suhbatlashgan psixologning qayd etishicha, u ichkilikka ruju qo‘ygan bo‘lgan. O‘zini tashlamoqchi bo‘lgan kunda ham ichkilik ta’sirida bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda yigiti tashlab ketgan qiz o‘zini 8-qavatdan tashlamoqchi bo‘ldi
[/banner_pushhouse