08:00 / 17.09.2021
2 125

O‘zbekistonda quvvati 100 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi quriladi

O‘zbekistonda quvvati 100 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi quriladi
Foto: Energetika vazirligi
Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak tumanida quvvati 100 megavatt bo‘lgan, davlat-xususiy sheriklik (DXSH) tamoyili asosida shamol elektr stansiyasini (SHES) qurish bo‘yicha loyiha moliyaviy takliflarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Olingan takliflarni baholash natijalariga ko‘ra, «ACWA Power» kompaniyasi tomonidan 100 megavatt quvvatli shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha tender g‘olibi deb topildi va u har bir kilovatt-soat elektr energiyasiga 2,5695 AQSH sent tarifini taklif qildi.

Shuningdek, «Masdar» kompaniyasi 1 kilovatt-soat elektr energiyasi uchun 2,6550 sent taklif bergan va zaxiradagi g‘olib deb topilgan.
Mazkur stansiya 2023 yilda ishga tushiriladi va yiliga 350 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda quvvati 100 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi quriladi