18:35 / 17.09.2021
1 055

B.Abduhalimov raqibi A.Qodirovning oliy ta’limga oid fikrlari «Adolat»niki ekanligini isbotlab berdi

B.Abduhalimov raqibi A.Qodirovning oliy ta’limga oid fikrlari «Adolat»niki ekanligini isbotlab berdi
«Adolat» SDP Siyosiy Kengashi raisi, mazkur partiyadan Prezidentlikka nomzod B. Abduhalimov raqibi A.Qodirovning oliy ta’limga oid fikrlari «Adolat»niki ekanligini isbotlab berdi.

«Milliy tiklanish» DP raisi munosabat va murojaatlar bilan harchand chiqishlar qilmasin, «Adolat» SDPning mazkur siyosiy liderga nisbatan «ko‘chirmakash» degan tasavvurini sindira olmayapti. Bu partiya o‘z qarashlariga va tanlagan yo‘liga egaligiga ishonishni xohlayapmiz, ammo vaziyat borgan sari teskari tomonga qarab ketmoqda.

Alisher Qodirov navbatdagi chiqishida oliy ma’lumot olish ishtiyoqi bo‘lgan yoshlarga imkoniyat berish g‘oyasi bilan chiqqanida «Xo‘sh, keyinchi?» deya yangi fikr eshitish ilinjida diqqatimizni qaratdik. U esa kirish imtihonlarini osonlashtirib, 1–2 yil ichida zo‘rlar va zo‘rakilarni ajratib olishni va ularga davlat va biznes grantlarini taqdim etishni taklif etib, yana bir bor bizni eski fikrimizga, o‘sha bahoyimizga qaytishga majbur qildi.

Zotan, saylovoldi dasturimda «Oliy ta’lim tizimiga reyting amaliyotini kiritamiz va yil yakunlari bo‘yicha eng yuqori reytingga ega bo‘lgan talabalarni grant asosida, reytingi past bo‘la turib grantda o‘qiydigan talabalarni kontrakt asosida o‘qish uchun ro‘yxatlarni qayta ko‘rib chiqish tartibini o‘rnatamiz» deb ta’kidlab o‘tganman. («Adolat» ijtimoiy-siyosiy gazetasi, 2021 yil, 10 sentabr, 37-son. Nomzodning Qurultoydagi ma’ruzasi).

Demak, Qodirov chindan ham o‘zining ta’biri bilan aytganda «hamfikr»mi yoxud tashabbus ko‘rsatishda raqib partiya g‘oyalarini osonlikcha o‘zlashtirishdek oson va siyosiy liderga yarashmagan uslubni qo‘llashni afzal ko‘radimi?

«Oliy ta’lim olish uchun kirish oson, lekin chiqish qiyin tizim bo‘lishi tarafdoriman» deydi Qodirov baralla. Lekin bu gap saylovchilar uchun yangilik emas. Bu g‘oya «Adolat»chilar tilidan allaqachon va ko‘p bor yangrab bo‘lgan. Misol uchun, 2020 yil 24 sentabr kuni, (tasodifni qarangki – o‘zingiz deputat etib saylangan Jizzax viloyatida) «Adolat»ning hududiy Kengashi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda oliy ta’lim muassasalariga kirish oson, o‘qish qiyin bo‘lishini ta’minlovchi tizim joriy etilishi taklif sifatida bildirilgan. Tadbirda faollarimiz yoshlar talaba bo‘lgunga qadar emas, oliy ma’lumot olishgacha bo‘lgan vaqtda ham puxta bilim olishga intilishi kerakligi, o‘qishga kirish emas, o‘qish – oliy ta’lim dargohlarida bosqichdan bosqichga o‘tish va bitirish murakkablashtirilishi tashabbusi bilan chiqilgan. Bu bir misol xolos, partiyaning ushbu g‘oyasi boshqa davralarda ham ko‘p bor tilga olingan.

Xulosa – xalqdan. Jamiyatda muammolar ko‘p, ularni hal etish yo‘lida barchadan o‘ziga xos yangi tashabbuslar talab etilishi ortiqcha isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Har holda, biz shunday hisoblaymiz», deydi B. Abduhalimov.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » B.Abduhalimov raqibi A.Qodirovning oliy ta’limga oid fikrlari «Adolat»niki ekanligini isbotlab berdi
[/banner_pushhouse