11:53 / 18.09.2021
2 369

O‘zbekistonda kecha yana 590 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda kecha yana 590 kishida koronavirus aniqlandi
So‘nggi kecha kunduzda yurtimizda yana 590 nafar kishida koronavirus aniqlandi, 5 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi. 2021 yil 17 sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 167858 (+590) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:
33 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
14 nafari Andijon viloyatida,
10 nafari Buxoro viloyatida,
17 nafari Jizzax viloyatida,
4 nafari Qashqadaryo viloyatida,
5 nafari Navoiy viloyatida,
11 nafari Namangan viloyatida,
51 nafari Samarqand viloyatida,
11 nafari Sirdaryo viloyatida,
19 nafari Surxondaryo viloyatida,
55 nafari Farg‘ona viloyatida,
20 nafari Xorazm viloyatida,
112 nafari Toshkent viloyatida,
228 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kasallikdan sog‘ayganlar jami 161275 (+854) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1184 nafarni tashkil qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda kecha yana 590 kishida koronavirus aniqlandi