18:49 / 18.09.2021
1 061

Vaqtincha ishsiz aliment to‘lovchilarning 20 nafari ishli bo‘ldi

Vaqtincha ishsiz aliment to‘lovchilarning 20 nafari ishli bo‘ldi
Majburiy ijro byurosi Namangan shahar bo‘limi va shahar prokuraturasi hamkorligida aliment bilan bog‘liq hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Bunda asosiy e’tibor uzoq vaqtdan beri turli sabablar bilan aliment to‘lamayotgan ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlashga ham qaratilgani ahamiyatlidir.

Asosiysi, muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgan ish bilan band bo‘lmagan aliment to‘lovchilar uchun yarmarkaning bu galgisida 20 nafar fuqaroning bandligini ta’minlashga erishildi.

Namangan yuridik texnikumida tashkil etilgan yarmarkada viloyat markazida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan 10 dan ortiq korxonalar o‘zlarida 300 ta ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi.

Avvalo, mehnat yarmarkasiga tayyorgarlik jarayoniga to‘xtalsak. Dastlab bo‘lim davlat ijrochilari “mahallabay” o‘rganishlar orqali ishsiz aliment to‘lovchilarni muammolarini o‘rganishdi.

Shundan so‘ng, yarmarkaga tashrif buyurgan 50 nafar ishsiz fuqarolarga “Namangan to‘qimachi”, “Art soft holding”, “Merrymed farm” kabi yirik ma’suliyati cheklangan jamiyati mutassadilar yaratilgan qulay mehnat sharoitlari, oylik maoshlar va bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berishdi.

- Men Namangan shahrining Zarafshon mahallasida istiqomat qilaman, turmush o‘rtog‘im bilan ajrashganman. Sudning qarori bilan 1 nafar farzandimga aliment to‘lashim belgilangan. Biroq, muqim ish o‘rnim yo‘qligi bois aliment to‘lashda muammolar bor edi. Mana bugun o‘tkazilgan yarmarka davomida “Namangan to‘qimachi” MCHJ.ga ishga qabul qilindim. Endi farzandim moddiy ta’minotida muammo bo‘lmaydi, - deydi Zokirjon Xojiyev.

Asosiysi, Majburiy ijro byurosi Namangan shahar bo‘liimi joriy yilning o‘tgan davrida aynan ishsiz bo‘lgan 200 nafardan ortiq aliment to‘lovchilarni turli korxona va tashkilotlarga hamda mavsumiy ishlarga qabul qilinishiga ko‘maklashilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Vaqtincha ishsiz aliment to‘lovchilarning 20 nafari ishli bo‘ldi
[/banner_pushhouse