Yangi o‘quv yili boshida ayrim o‘quvchilarning maktabdan-maktabga o‘tishi, jumladan ta’lim tilini o‘zgartirishi natijasida ba’zi maktablarda darsliklarning yetishmovchiligi kuzatilishi mumkin. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi ota-onalarni ogohlantirdi.
«Joylardagi bunday muammolarni o‘sha maktab rahbariyati hamda hududiy xalq ta’limi bo‘limi va boshqarmalari hududdagi kitob ortiqcha bo‘lgan boshqa maktablardan kitob yetishmayotgan maktablarga o‘tkazish orqali zudlik bilan hal etish choralarini ko‘rishi belgilangan.
Agar murojaatingiz ijobiy hal etilmasa va darslik yetib bormasa Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishga tushirilgan maxsus telegramm-bot (@uzedudarslik_bot) orqali siz darslik bilan yuzaga kelgan muammo bo‘yicha aniq ma’lumotni yuborishingiz mumkin bo‘ladi.
Vazirlik har bir murojaatni nazoratga oladi va zarur kitobni qo‘shni maktab, tuman va kerak bo‘lsa viloyatdan yetkazilishini nazoratga oladi.
Shu bilan birgalikda, barcha darsliklarning elektron versiyalarini ushbu havola orqali yuklab olish mumkinligini ham ma’lum qilamiz», deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi