Foto: Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati
Toshkentning Yangihayot tumanida birorta burchakka ega bo‘lmagan bolalar bog‘chasi quriladi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 480 o‘rinli va noodatiy ko‘rinishga ega bo‘lgan bino yaqin fursatda tumanning «Yangi Choshtepa» mahalla fuqarolar yig‘inida qad ko‘taradi.
«E’tiborli tarafi, loyihaga ko‘ra birorta ham burchakka ega bo‘lmagan bino va uning xonalari shunday tuzilganki, bolajonlarning bir mashg‘ulotdan boshqasiga o‘tish uchun bino bo‘ylab harakatlanishlari, yorug‘likning to‘g‘ri taqsimlanishi, xonalar intereri bir-birini takrorlamasligi — hammasi odamni hayron qoldira oladigan darajada bo‘ladi va chet tillarini o‘rgatishga ixtisoslashadi», — deyiladi vazirlik xabarida.
Foto: Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati
Yangihayot tumani hokimligi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu bog‘cha mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan barpo etilib, 2022 yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?