22:26 / 20.09.2021
1 249

Besh yillik aliment pulini bir yo‘la to‘ladi

Besh yillik aliment pulini bir yo‘la to‘ladi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Tayloq tumanlararo sudining qarori bilan fuqaro E.M.dan undiruvchi U.A.ning bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun to‘rtdan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan. Bu holat bo‘yicha Majburiy ijro byurosi Samarqand tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.

Daromadi bo‘lmagan, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash naqadar muhim ekanligini inobatga olgan holda Byuroning shahar bo‘limi xodimlari tomonidan tushuntirish va profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu jumladan, qarzdor E.M. bilan ham atroflicha suhbat va tushuntirish ishlari o‘tkazilib, farzandini moddiy qo‘llab-quvvatlash har bir otaning burchi ekani yotig‘i bilan tushuntirildi.

Bunday maslahat va suhbatdan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargan qarzdor ota shu kuni farzandi ta’minotini o‘ylab, 2026 yilgacha hisoblanib, aliment uchun 49 mln. so‘m pulni to‘lab berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Besh yillik aliment pulini bir yo‘la to‘ladi
[/banner_pushhouse