23:10 / 20.09.2021
1 885

Sudyalar ishtirokida “Mehnat nizolari” mavzusida mintaqaviy seminar o‘tkazildi

Sudyalar ishtirokida “Mehnat nizolari” mavzusida mintaqaviy seminar o‘tkazildi
Navoiy viloyat sudining fuqarolik ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati hamda Samarqand viloyat sudining fuqarolik ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati sudyalari ishtirokida “Mehnat nizolari” mavzusida videokonferensaloqa rejimida mintaqaviy seminar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega ekanligi mustahkamlangan.

Jamiyat rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari mehnat sohasida vujudga kelayotgan munosabatlarga yangi talablar qo‘ymoqda. O‘tkazilgan seminarda ham mehnat qonunchiligi normalarini amalda qo‘llashning turli jihatlari xususida so‘z yuritilib, amaliyotda uchrayotgan muammoli nizolar yuzasidan sud amaliyoti umumlashtirildi.

Jumladan, xodimning attestatsiya komissiyasining qarorini haqiqiy emas deb topish haqidagi talabi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘rilishi, mehnat daftarchasi ishdan bo‘shagan xodimga o‘z vaqtida berilmaganlik uchun kompensatsiya O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 275-moddasi tartibida undirilib berilishi, mehnat daftarchasi o‘z vaqtida berilmaganlik uchun kompensatsiya undirish haqidagi da’vo muddati bo‘yicha qonunchilikda belgilangan talablar yuzasidan fikr almashildi.

Bu kabi o‘tkaziladigan seminar fuqarolik ishlarini ko‘rish oqibatida yuzaga keladigan muammolarni hal etishda mehnat qonunchiligini qo‘llash amaliyotini yaratish uchun zamin bo‘lishi shubhasiz.

Gulnafis Xudayberdiyeva
Navoiy viloyat sudi sudyasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sudyalar ishtirokida “Mehnat nizolari” mavzusida mintaqaviy seminar o‘tkazildi