10:42 / 21.09.2021
1 993

Jizzaxda 20 yoshli qizni zo‘rlik ishlatib Spark’da olib qochib ketgan shaxs qo‘lga olindi

Jizzaxda 20 yoshli qizni zo‘rlik ishlatib Spark’da olib qochib ketgan shaxs qo‘lga olindi
Jizzax shahrida 20 yoshli qizni Spark’da o‘g‘irlab ketgan shaxs qo‘lga olinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 7 sentabr kuni Jizzax shahar «Jizzaxlik» mahalasida yashovchi fuqaro shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu kuni shaharning «Zargarlik» mahallasi hududida 2001 yilda tug‘ilgan qizni o‘ziga oldindan tanish bo‘lmagan shaxs zo‘rlik ishlatib Spark’da olib qochib ketganini bildirgan va mazkur shaxsni topib, unga qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.

Holat yuzasidan Jizzax shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi yigit qo‘lga olingan va unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Aniqlanishicha, u avval bezorilik jinoyatlarini sodir etib, o‘z qilmishlari uchun jazolangan bo‘lgan.

Ayni paytda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda 20 yoshli qizni zo‘rlik ishlatib Spark’da olib qochib ketgan shaxs qo‘lga olindi