11:23 / 21.09.2021
2 745

Prokuratura tizimining 3 mansabdori pora bilan qo‘lga olindi (video)

Prokuratura tizimining 3 mansabdori pora bilan qo‘lga olindi (video)
Davlat xavfsizlik xizmatining tezkor xodimlari korrupsiyaga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazib, prokuratura tizimining 3 ta mansabdorini jinoyat ustida qo‘lga olgan.

Xususan, Jizzax viloyatidagi tuman prokurorlaridan biri ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari bilan shug‘ullanuvchi davlat unitar korxonasining mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan qurilish firmasi rahbariga qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo‘llamaslik va mazkur firmada aniqlangan kamomad miqdorini kamaytirib ko‘rsatish evaziga undan 2 ming dollar so‘rab, ushbu puldan 1200 dollarini olgan.

DXXning Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda tuman prokurori o‘z xizmat xonasida pulning qolgan 800 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Yana bir holatda Samarqand viloyatidagi tuman prokurori o‘rinbosari mahalliy fermer xo‘jaligi rahbariga nisbatan sud tomonidan tayinlangan 3 yil ozodlikni cheklash jazosini boshqa og‘irroq jazo turiga o‘zgartirish uchun protest kiritib, sudning apellyatsiya bosqichida hukmni o‘z kuchida qoldirish evaziga 10 ming dollar talab qiladi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda prokuror o‘rinbosarining topshirig‘i bilan uning vositachisi so‘ralgan pulni olgan vaqtida ushlandi. Prokuror o‘rinbosarining aloqadorligi vositachisi bergan ko‘rsatma asosida o‘tkazilgan tadbirda ashyoviy dalillar bilan isbotlandi.

Shuningdek, Namangan viloyatida tuman MIB rahbari mahalliy fuqaroni Qirg‘izistondagi Jalolobod davlat universitetidagi o‘qishini Andijon davlat tibbiyot universitetiga ko‘chirishda oliy ta’lim vazirligidagi tanishlari orqali ko‘chirishda yordam berishini aytib, buning uchun $700 so‘raydi va $300 va 1 mln 50 ming so‘mni oladi. U qolgan pullarni olgan vaqtida ushlandi.

Yuqoridagi barcha holatlar bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prokuratura tizimining 3 mansabdori pora bilan qo‘lga olindi (video)