16:23 / 21.09.2021
1 780

Shavkat Mirziyoyev: "Men o‘zimni qoraqalpoq xalqining ham farzandi deb bilaman"

Shavkat Mirziyoyev: "Men o‘zimni qoraqalpoq xalqining ham farzandi deb bilaman"
O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ilk sayvlovoldi tashviqot tashrifini Qoraqalpog‘istondan boshladi. Ayni paytda esa Bo‘zatov tumanida bo‘lib turibdi. Amaldagi prezident bu yerda tumandagi saylovchilar bilan ko‘rishib, ma’ruza qildi.

"Saylovoldi uchrashuvlarini eng avvalo Qoraqalpog‘iston diyoridan boshlaganim bejiz emas. Ilgari ham aytganman, bugun ham katta mamnuniyat bilan takrorlayman – men o‘zimni qoraqalpoq xalqining ham farzandi deb bilaman.

Bu saylov barchamiz, butun el-yurtimiz uchun O‘zbekistonning, uning tarkibiy qismi bo‘lgan Qoraqalpog‘istonning bundan keyingi taraqqiyoti qanday bo‘ladi, mamlakatimiz qanday rivojlanish yo‘lidan boradi, farzandlarimiz, oilamiz, butun yurtimiz kelajagini qanday barpo etamiz, degan hal qiluvchi savollarga javob beradigan g‘oyat muhim siyosiy tadbirdir.

O‘zingiz ko‘rib, guvohi bo‘lib turibsiz, o‘tgan besh yillik muddat butun mamlakatimiz, xalqimiz uchun og‘ir sinovlar davri bo‘ldi.
Biz Alloh taoloning marhamati, xalqimizning fidokorona mehnati bilan koronavirus pandemiyasi va global iqtisodiy inqiroz qiyinchiliklarini mardona yengib o‘tmoqdamiz
", - dedi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: "Men o‘zimni qoraqalpoq xalqining ham farzandi deb bilaman"