Qoraqalpog‘istonda kelgusi yildan boshlab, 1-4-boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul tushlik berish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev respublikaga qilgan tashrifi davomida ma’lum qildi.
"Ta’lim sifatini oshirish orqali Qoraqalpog‘istonda “inson kapitali”ni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratamiz. Respublika aholisining 55 foizini yoshlar tashkil etadi. Ana shu farzandlarimizning ta’lim-tarbiyasi, ularni eng zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘qitish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun, zarur sharoitlar yaratiladi.
Bu orqali, kelgusi besh yilda maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi 71 foizdan 87 foizga yetkaziladi. Qoraqalpog‘istonda kelgusi yildan boshlab, 1-4-boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul tushlik berish yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun budjetdan yiliga 100 milliard so‘m ajratiladi.
Shuningdek, kelgusi besh yilda Qoraqalpog‘istonda jami 90 mingdan ziyod yangi o‘quvchi o‘rinlari yaratiladi. Jumladan, 55 ta yangi maktab, 187 ta maktab uchun qo‘shimcha o‘quv binolari quriladi, 135 ta maktablar kapital ta’mirlanadi va to‘liq jihozlanadi", - dedi davlat rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina askarlari Zelenskiyning bayonotiga kutilmagan munosabat bildirishdi
Putinning navbatdagi olti yillik boshqaruvi Rossiya va dunyoga nima olib keladi?
Ekspert: Putinning saylovdagi g‘alabasi O‘zbekiston bilan munosabatlarni mustahkamlaydi
Putin: Yangi vazifalar, NATO, Ukraina va Fransiya bilan munosabatlar
Permdagi saylov uchastkasida portlash yuz berdi
Qaysi davlat yetakchilari Vladimir Putinni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi?
Xitoy TIV: AQSH dunyodagi eng yirik dezinformatsiya manbai
Isroilda minglab odamlar garovga olinganlarni ozod qilishni talab qildi