1 871
Abituriyentlarga tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnomalarini onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi
O‘zbekistonda 1 oktabr davlat OTMga tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha ariza topshirishning so‘nggi muddati etib belgilangan edi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berishicha, 2021-o‘quv yilida talabalikka tavsiya etilmagan, biroq tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar uchun qulaylik yaratish maqsadida onlayn shaklda ariza qoldirish hamda tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnomalarni onlayn olish imkonini beruvchi «t-kontrakt.edu.uz» axborot tizimi ishga tushirildi.
Qayd etilishicha ushbu tizim:
- ortiqcha ovoragarchilik va suiiste’molchiliklarning oldini olish;
- jarayonlarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash;
- elektron arizalarni avtomatik shakllantirish;
- to‘lov-shartnomalarni avtomatik rasmiylashtirish imkonini beradi.
«Endi abituriyentlar oliy ta’lim muassasasiga ovora bo‘lib, borib o‘tirishlari shart emas. Tizim yordamida ularning ma’lumotlari va to‘plagan balli Davlat test markazi bazasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri olinib, elektron ko‘rinishdagi ariza asosida elektron to‘lov-shartnoma avtomatik rasmiylashtiriladi», — deyiladi vazirlik xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi