12:46 / 23.09.2021
856

Senat Raisi Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti bilan uchrashdi

Senat Raisi Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti bilan uchrashdi
Foto: «Senat.uz»
Joriy yil 21 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.Narbayeva Qirg‘izistonga rasmiy tashrifi doirasida Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti S.Japarov bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati xabar berdi.

Qirg‘iziston Prezidenti mustaqillikning 30 yilligi nishonlanayotgan kunlarda amalga oshirilgan ushbu tashrifning ahamiyati va muhimligini qayd etdi. Shuningdek, u qardosh o‘zbek xalqini mamlakat mustaqilligining 30 yilligi bilan tabrikladi.

Tomonlar munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, shu jumladan, parlamentlararo va mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.

Prezident S.Japarov do‘stlik, ahil qo‘shnichilik va strategik hamkorlik tamoyillariga asoslangan Qirg‘iziston-O‘zbekiston munosabatlari yuksak darajaga yetganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Ikki davlat rahbarlarining ochiq va ishonchli aloqalari O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashning muhim asosi ekanini ta’kidladi. Shu nuqtai nazardan Prezident S.Japarov ikki tomonlama hamkorlikda joriy yilning mart oyida Toshkentga amalga oshirgan davlat tashrifi muhimligini qayd etdi.

Qirg‘iziston Respublikasi rahbari O‘zbekistonda Prezident saylovini muvaffaqiyatli o‘tkazib olishni tilab, Prezident Sh.M. Mirziyoyevning Markaziy Osiyoda hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarini to‘la qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

S.Japarov O‘zbekistonning gender siyosatini amalga oshirish, xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlari, shu jumladan, «Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti» tashabbusiga yuqori baho berdi. Shu kunlarda bo‘lib o‘tayotgan «Qirg‘iziston va O‘zbekiston tadbirkor ayollari muloqoti» biznes-forumiga muvaffaqiyat tiladi va bunday loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati rahbari T.Narbayeva samimiylik va mehmondo‘stlik uchun Qirg‘iziston tomoniga chin dildan minnatdorlik bildirdi. Senat rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning samimiy tabrigi va ezgu tilaklarini yetkazdi hamda O‘zbekiston rahbari Qirg‘izistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni to‘la qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Suhbat davomida tomonlar yuksak darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishning huquqiy asosini mustahkamlash va samarali parlament nazoratini ta’minlash, ikki mamlakat mintaqalari o‘rtasidagi hamkorlik, shu jumladan, chegara hududlarining mahalliy munitsipal Kengashlarining samarali aloqalarini faollashtirishga qaratilgan ikki tomonlama parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish, shuningdek, ikki mamlakat aholisining keng qatlamlari o‘rtasida yaqin madaniy-gumanitar aloqalar va muloqot uchun barcha zarur qulay shart-sharoitlar yaratishning muhimligini ta’kidladilar.

Shuningdek, boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Senat Raisi Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti bilan uchrashdi
[/banner_pushhouse