13:03 / 23.09.2021
710

Bojxonachilar BAAdan keltirilgan 15,3 mlrd so‘mlik parfyumeriya vositalarining soxta tranzitini fosh etdi

Bojxonachilar BAAdan keltirilgan 15,3 mlrd so‘mlik parfyumeriya vositalarining soxta tranzitini fosh etdi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati
O‘zbekiston Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari respublikadan tranzit tarzida olib o‘tilayotgan parfyumeriya vositalarining mamlakat hududida tushirib qoldirib, noqonuniy ravishda ichki bozorga yo‘naltirishga bo‘lgan urinishni bartaraf etdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, BAAdan yuk mashinasida keltirilayotgan, hujjatlarga ko‘ra 48 ming 341 dollar qiymatidagi salkam 26 tonna og‘irlikdagi parfyumeriya vositalari dastlab Buxoro viloyati Bojxona boshqarmasi «Olot» chegara-bojxona posti orqali respublika hududiga kirgan. Tranzit tarzida harakatlanayotgan mazkur yuklar qo‘shni davlatga chiqishi uchun Farg‘ona viloyatidagi «O‘zbekiston» chegara-bojxona postiga yo‘naltirilgan.

Ammo tezkor ma’lumotlar asosida mazkur yuk avtotransport vositasi Toshkent viloyatining Angren shahri hududida bojxona xodimlari tomonidan to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechiriladi. Natijada, tegishli hujjatlarga muvofiq avtomashinaga ortilgan parfyumeriya vositalarining katta qismi yo‘l davomida tushirib qoldirilgani ma’lum bo‘lgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlaridan so‘ng yuk avtotransport vositasidagi parfyumeriya tovarlari poytaxtning Sergeli tumanidagi omborlardan biriga noqonuniy ravishda tushirib qoldirilgani aniqlangan.

Shunday qilib, mazkur tezkor tadbir natijasida sifatini va bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 95 ming 577 dona parfyumeriya vositasining yashirin aylanmasiga chek qo‘yilgan.Qiymati salkam 15,3 milliard so‘mni tashkil qilayotgan mazkur tovarlarning egasi ham aniqlanib, ushbu shaxsga nisbatan tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Qo‘mita xabarida ta’kidlanishicha, holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Bojxonachilar BAAdan keltirilgan 15,3 mlrd so‘mlik parfyumeriya vositalarining soxta tranzitini fosh etdi
[/banner_pushhouse