14:23 / 23.09.2021
1 728

Tadbirkordan 40 millon so‘m undirmoqchi bo‘lgan nazoratchi qo‘lga tushdi

Tadbirkordan 40 millon so‘m undirmoqchi bo‘lgan nazoratchi qo‘lga tushdi
Tadbirkordan 40 mln so‘m undirmoqchi bo‘lgan nazoratchi qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Sirdaryo Suv Qurilish Invest” DUK bosh texnik nazoratchisi Sh.B. “B.” MCHJ tomonidan Mirzaobod tumanida amalga oshirilgan 505,6 mln so‘mlik sug‘orish tarmoqlarini joriy ta’mirlash-tiklash ishlari bo‘yicha tuzilgan hisobotlarini qabul qilish va o‘tkazib berish evaziga 40 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilayotgani ma’lum qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tadbirkordan 40 millon so‘m undirmoqchi bo‘lgan nazoratchi qo‘lga tushdi