16:40 / 23.09.2021
1 438

Rossiya O‘zbekiston bilan aviareyslar sonini ko‘paytirmoqda

Rossiya O‘zbekiston bilan aviareyslar sonini ko‘paytirmoqda
Rossiya tezkor shtabi O‘zbekiston shaharlariga muntazam parvozlar sonini ko‘paytirishga ruxsat berdi. 5 oktabrdan boshlab Moskva – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlar soni haftasiga to‘rttagacha ko‘paytirilmoqda. Hozirda “Aeroflot” bu yo‘nalish bo‘yicha haftasiga ikkita reyslarni amalga oshirmoqda.

Rossiyaning koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish tezkor shtabining ma’lum qilishicha, bunday qaror O‘zbekistondagi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda qabul qilingan.

Bundan tashqari, quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha yangi reyslar yo‘lga qo‘yilmoqda:
Haftasiga ikki marta
Moskva — Buxoro;
Moskva — Samarqand.

Haftasiga bir marta
Moskva — Urganch;
Moskva — Namangan;
Moskva — Farg‘ona;
Moskva — Andijon;
Moskva — Termiz.
Shuningdek, Rossiya Qirg‘iziston va Tojikiston shaharlariga muntazam parvozlar sonini oshirishga qaror qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiya O‘zbekiston bilan aviareyslar sonini ko‘paytirmoqda