21:35 / 23.09.2021
1 813

Xonadonidagi gultuvaklarda giyohvandlik vositasi yetishtirib kelgan fuqaro ushlandi

Xonadonidagi gultuvaklarda giyohvandlik vositasi yetishtirib kelgan fuqaro ushlandi
Foto: Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati
Toshkent viloyatining Chinoz tumanida «Qora dori—2021» doirasida giyohvand vositalar yetishtiruvchi «maxsus laboratoriya» faoliyatiga chek qo‘yildi, deb xabar bermoqda viloyat IIBB matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 16 sentabr kuni 37 yoshli T.Sh.ning xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirigan. Tekshiruv davomida xonadonning 4 kvadrat metr o‘lchamli xonasi (ventilator, yorug‘lik va issiqlik beruvchi lampochka va boshqalar bilan) maxsus jihozlanganligi va u yerda 20 dona yelim gul tuvaklar ichiga tuproq, o‘g‘it aralash solingan holda giyohvandlik vositasi yetishtirayotganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, tekshiruv davomida ushbu fuqaroning xonadondan kannabis giyohvandlik o‘simligi, barglari, to‘pgullari va 1 litrli hajmli shisha banka ichida giyohvandlik vositasi, gugurt qutilarida kannabisning maydalangan barglari, giyohvandlik vositasini iste’mol qilish uchun qo‘lbola usulda yasalgan maxsus idishlar va o‘simliklarni yashnatuvchi mineral o‘g‘itlar, yaltiroq qog‘ozlar, elektron tarozilar va maxsus yelim idishlar daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirib olingan.

Foto: Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati
O‘tkazilgan sudga oid kimyoviy ekspertizaga ko‘ra, fuqaro xonadonidan olingan o‘simliklar tarkibida faol giyohvand moddalar mavjud bo‘lgan jami 791 gramm kannabis, 735 gramm marixuana ekanligi ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan Chinoz tuman IIB TB tomonidan fuqaro T.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi, 1-qismi va 25-, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xonadonidagi gultuvaklarda giyohvandlik vositasi yetishtirib kelgan fuqaro ushlandi