09:22 / 24.09.2021
1 855

Farg‘onada ichki ishlar organlari xodimlari bugundan elektroshokerdan foydalanishni boshlaydi

Farg‘onada ichki ishlar organlari xodimlari bugundan elektroshokerdan foydalanishni boshlaydi
Farg‘ona viloyati IIO xodimlari xizmati vaqtida elektroshok moslamasidan foydalanishni boshlaydi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning 24 sentabridan Farg‘ona viloyati ichki ishlar organlarining Patrul-post, Yo‘l harakati xavfsizligi va boshqa tegishli xizmatlarining saf bo‘linmalari xodimlari xizmat jarayonida elektroshok qurilmalaridan foydalanishni boshlaydi.

«Elektroshok qurilmasidan foydalanishdan maqsad IIO xodimlari yoki fuqarolarining hayoti va sog‘lig‘iga shikast yetkazilishining oldini olish, huquqbuzarlarning sog‘lig‘iga og‘ir va o‘ta og‘ir tan jarohati yetkazmagan holda zudlik bilan huquqbuzarlik va jinoyat harakatlarni cheklashdan iborat», — deyiladi IIB xabarida.

IIO xodimlari xizmat jarayonida elektroshok qurilmasidan foydalanishdan avval maxsus tayyorgarlik va davriy tekshiruvdan o‘tkaziladi. Maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan xodimga tegishli sertifikat beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada ichki ishlar organlari xodimlari bugundan elektroshokerdan foydalanishni boshlaydi