15:38 / 24.09.2021
1 680

Shifoxona tomidan chakka o‘tib yotgandi — Mirziyoyev Samarqandda ishlagan vaqtlarini esladi

Shifoxona tomidan chakka o‘tib yotgandi — Mirziyoyev Samarqandda ishlagan vaqtlarini esladi
Foto: Prezident Matbuot xizmati
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Samarqand viloyatida bo‘lib turibdi. Davlat rahbari saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida viloyat hokimi bo‘lib ishlagan davrini esladi.

Hozirgi kunda barcha rahbarlar uchun faoliyat mezoniga aylangan xalq bilan muloqot, inson qadr-qimmatini ulug‘lash, «mahallabay» ishlash tizimining dastlabki kurtaklari o‘sha vaqtda paydo bo‘lgan edi.

Viloyatning aksariyat tumanlari, ayniqsa, Nurobod va Qo‘shrabot tumanlarida sharoit og‘ir edi. Turli qarshilik va e’tirozlarga qaramasdan, birinchi marta g‘allaning rejadan ortig‘ini mana shu tumanlarda qoldirishga erishganmiz. Viloyatda ijtimoiy muammolarni hal qilish uchun mablag‘ yetishmasdi.

Faqat markazdan pul ajratilsa, hokim bir ishni boshlashi mumkin edi. Ana shu achchiq tajribamizdan kelib chiqib, mana, hozir hududlarimizga moliyaviy masalalarda keng erkinlik beryapmiz.

O‘sha yillari Paxtachi tumanidagi 24-maktab, Qo‘shrabot tumanidagi yana bir eski maktab va Oqdaryodagi tug‘ruqxonani qanday qiyinchilik bilan ta’mirlaganimiz hali-hali esimdan chiqmaydi. Hokim bo‘lib ishlagan vaqtlarimda tug‘ruqxonaga kirsak, tomidan chakka o‘tib yotibdi, bu tomonda shifokorlar tug‘ruq qabul qilishyapti. Bunaqa sharoitda ishlab bo‘ladimi?

Ana shu ishlar uchun 50 foiz mablag‘ viloyat budjetidan ajratilgan, qolgani esa hashar yo‘li bilan bajarilgan edi. Viloyatdagi ko‘plab bunyodkorlik ishlari shu tarzda olib borildi. Mahdumi A’zam, Xoja Doniyor, Hazrati Dovud ziyoratgohlari bunga misol bo‘la oladi
, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shifoxona tomidan chakka o‘tib yotgandi — Mirziyoyev Samarqandda ishlagan vaqtlarini esladi