16:30 / 24.09.2021
2 287

Shavkat Mirziyoyev SamDUga Sharof Rashidov nomini berishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev SamDUga Sharof Rashidov nomini berishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev Samarqand davlat universiteti (SamDU)ga Sharof Rashidov nomini berishni taklif qildi.
Bu haqda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev samarqandlik saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida aytib o‘tdi.

«Samarqand davlat universitetiga ushbu qutlug‘ maskanda tahsil olgan, shu yerda ishlagan, respublikamizda ilm-fan, ta’lim, madaniyat, adabiyot va san’at rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan atoqli davlat va jamoat arbobi, taniqli adib Sharof Rashidov nomini bersak, nima deysizlar?

Shuningdek, Samarqand tibbiyot institutiga universitet maqomini berish haqida alohida qaror qabul qilsak, o‘ylaymanki, ushbu yirik oliygohning mavjud salohiyati va kelgusi rivoji uchun yanada puxta zamin yaratgan bo‘lamiz
», dedi Shavkat Mirziyoyev uchrashuvda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev SamDUga Sharof Rashidov nomini berishni taklif qildi