18:15 / 24.09.2021
1 758

29 nafar abituriyentni o‘qishga kiritish evaziga 83 ming dollar olgan shaxs ushlandi

29 nafar abituriyentni o‘qishga kiritish evaziga 83 ming dollar olgan shaxs ushlandi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi depratament
Qoraqalpog‘istonda o‘zini DTMda ishlashini aytib, 29 nafar abituriyentga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmalari tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida R.E. ismli shaxs fuqaro Sh.ga go‘yoki o‘zini Davlat test markazida ishlovchi shaxs sifatida tanishtirib, unga Ali ismli tanishi orqali o‘qishga kira olmagan abituriyentlarning ballarini kirish ballariga tenglashtirib berishni va’da qilgani aniqlangan. U jami 29 nafar abituriyentni o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 83 ming dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 29 nafar abituriyentni o‘qishga kiritish evaziga 83 ming dollar olgan shaxs ushlandi