18:41 / 24.09.2021
3 024

O‘zbekistonda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan elektroshokdan foydalanish boshlandi

O‘zbekistonda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan elektroshokdan foydalanish boshlandi
Foto: «Daryo» / Madina Nurman
O‘zbekistonda 24 sentabrdan boshlab Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan elektroshokdan foydalanish boshlandi. Bu haqda IIV matbuot kotibi ma’lum qildi.

IIO xodimlarining maxsus vositalar va o‘qotar qurollardan foydalanish tartibi «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonunga asoslangan bo‘lib, ichki ishlar vazirining bu boradagi tegishli buyrug‘i qabul qilingan.

Xususan, unga ko‘ra IIO xodimlari tomonidan elektroshokdan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi ko‘rsatma tasdiqlangan. Ta’kidlanishicha, qurilmadan foydalanish faqat SSV bilan kelishilgan holda IIV tomonidan tasdiqlangan maxsus tayyorgarlikdan o‘tganini tasdiqlovchi sertifikatni olgan xodimlarga ruxsat etiladi.

Hozirgi vaqtda deyarli barcha mahalliy ichki ishlar bo‘linmalari elektroshok bilan ta’minlangan. Qurilma bilan patrul va qorovullik xizmatlarini bajarishda, shuningdek, jamoat tartibini ta’minlashda ishtirok etgan IIO xodimlarini qurollantiriladi.

Ma’lumotga ko‘ra, ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik, hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish oqibatida IIO xodimlari yoki fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga real xavf tug‘dirgan taqdirda ushbu qurilma xodimlar tomonidan foydalaniladi.

Ma’lumot uchun, foydalanishga topshirilgan elektroshok qurilmalari Rossiyaning «Mart» zavodi tomonidan ishlab chiqarilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan elektroshokdan foydalanish boshlandi