23:29 / 27.09.2021
2 956

Surxondaryoda haydovchi YPX xodimini Lacetti kapotida 4 kilometrgacha sudrab ketdi (video)

Surxondaryoda haydovchi YPX xodimini Lacetti kapotida 4 kilometrgacha sudrab ketdi (video)
Ijtimoiy tarmoqda 27 sentabr kuni yana bir YPX xodimi kapot ustida sudrab ketilgani aytilgan videolavha tarqaldi. Viloyat IIB matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Unda aytilishicha, voqea 13 sentabr kuni Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumanida yuz bergan. Tumanning «Surxon sohili» MFY hududida xizmat olib borayotgan YPX xodimi Lacetti haydovchisi T.X. yo‘lning qatnov qismida sababsiz to‘xtab, sun’iy tirbandlik hosil qilgani sababli ushbu avtomashina haydovchisining yoniga borib, o‘zini tanishtirgan va tegishli hujjatlarni taqdim etishni, mashinani yo‘lning chetiga olishini aytgan.

Haydovchi inspektorning qonuniy talabini bajarmasdan avtomashinani uning ustiga haydagan. Xodim to‘xtab turgan avtomashina oldida bo‘lganligi sababli uning old kapotiga osilib qolgan. Harakatlanib borayotgan avtomashina old qismida bo‘lgan YPX inspektori haydovchini bir necha marotaba ogohlantirishiga qaramasdan uni, taxminan, 3-4 kilometr masofagacha haydab ketgan.

YHXBB xabarida aytilishicha, avtomobil, taxminan, shuncha masofagacha harakatlangandan so‘ng xodim yerga qulab tushgan. Inspektor tan jarohati bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Qumqo‘rg‘on tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda haydovchi YPX xodimini Lacetti kapotida 4 kilometrgacha sudrab ketdi (video)