2 019
Samarqandda ayol uy olish uchun 6 yoshli o‘g‘lini 6 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi
Foto: Videodan kadr
Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida o‘z o‘g‘lini befarzand oilaga sotishga uringan ayol jazolandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 3 nafar farzandli ayol 6 yoshli o‘g‘lini 8—10 yildan beri farzand ko‘rmagan oilaga 6 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismi «a» bandi hamda kodeksning 57-moddasini qo‘llanilib, 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Ayolning farzandlari esa mehribonlik uyiga topshirilgan.
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u o‘gay onasinikida yashagan. Uy olib, hech bo‘lmasa, ikki bolasi bilan yaxshi yashayman, boshqa oilaga bergan bolasini sog‘inganda borib ko‘rib turaman, degan niyatda shu ishga qo‘l urgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi