12:30 / 28.09.2021
2 193

Biz o‘tgan 5 yilda qo‘rquvdan qutuldik – Shavkat Mirziyoyev

Biz o‘tgan 5 yilda qo‘rquvdan qutuldik – Shavkat Mirziyoyev
Bugun, 28 sentabr kuni prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatida O‘zLiDeP tomonidan tashkillashtirilgan saylovchilar bilan uchrashuvda ishtirok etmoqda.

Kun.uz'ning xabar berishicha, Farg‘onadagi uchrashuvda nomzodga so‘z berilganida, Shavkat Mirziyoyev saylov jarayoni haqida o‘z fikrini bildirdi.

O‘tgan 5 yil davomida biz nimadan qutuldik, desangiz men aytaman – qo‘rquvdan qutuldik. Mana, kecha Namangandagi uchrashuvda bir tadbirkor menga aytyapti – hozir 80 mln dollarlik aylanma mablag‘im bor, deyapti. Oldingi davr bo‘lsa 80 mln emas, 8 ming dollari bo‘lsa darhol nazoratga olinardi. Kim halol ishlayotgan bo‘lsa xotirjam yuraversin, boy bo‘lsin, xalqiga foydasi tegsin.

Saylovda hamma o‘z yuragiga qarab tanlov qilsin. Kimni istasangiz shuni saylang. Faqat oldingidek bir kishi butun oilaning pasportini olib borib saylab kelmasin. Ongli ravishda bo‘lsin. Demokratik yo‘ldan ketishimizni butun dunyo hamjamiyatiga namoyish etamiz, deb ishonaman
”, – dedi prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Biz o‘tgan 5 yilda qo‘rquvdan qutuldik – Shavkat Mirziyoyev