Muntazam uyqusizlik koronavirusga chalingan odamlarda kasallikning og‘ir o‘tish xavfini oshiradi. Bu haqda terapevt, pulmonolog Oleg Abakumov aytib bergan.
Mutaxassis koronavirus bilan og‘rigan bemorning ahvoli, boshqa narsalar qatorida, uxlash paytida tanada ishlab chiqariladigan melatonin gormoni mavjudligi bilan bog‘liqligini tushuntirgan.
«U (melatonin) juda foydali, nafaqat bioritmlarni normallashtiradi, balki stress bilan ham kurashadi, qon bosimi, nafas olish tezligi va tana haroratiga ta’sir qiladi», - deb iqtibos keltiradi Abakumovdan «Doktor Piter» nashri.
Shu bilan birga, mutaxassis melatonin darajasi yuqori bo‘lgan bemorlarda reanimatsiyada o‘lim xavfini kamaytirganini aniqlagan amerikalik olimlarning tadqiqotiga ishora qildi.
40-sonli Moskva klinik shifoxonasi bosh shifokori Protsenko koronavirusdan keyin uchraydigan uchta sindromni sanab o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, kasal bo‘lgan odamlar tez jismoniy charchash, asabiylashish va unutuvchanlikka duch kelishadi.
Shu bilan birga, virusdan keyingi sindromning davomiyligi yoshga bog‘liq: 60 yoshgacha tuzalib ketganlarda o‘rtacha ikki oy davom etsa, keksa odamlarda bu muddat ko‘proq bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi