10:01 / 13.10.2021
874

Koronavirus profilaktikasining oddiy usuli

Koronavirus profilaktikasining oddiy usuli
Foto: «Shutterstock»
Tish pastasi va og‘izni chayuvchi vosita COVID-19ni yuqtirib olgan odam bilan muloqot qilgandan keyin yordam beradi. Bu haqda rossiyalik virusolog Aleksandr Chepurnov va allergolog-immunolog Vladimir Bolibok so‘zlab berishdi, deya xabar berdi Lenta.ru.

Chepurnovning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusga chalingan odam bilan aloqa qilgandan so‘ng avval qo‘l va yuzni yuvish kerak. U, shuningdek, og‘izni chayqash profilaktika usullaridan biri ekanligini aytgan. Uning fikricha, oddiy og‘izni chayuvchi vosita ham kifoya. Chunki uning tarkibida dezinfeksiyalovchi moddalar bor.

Shunchaki tish pastasi bilan tishlarni tozalaganda ham samarasi bo‘ladi. Chunki bunda muhimi virusni og‘iz, tomoq va burundan yuvib chiqarishdir, deya izohladi Bolibok.

Shuningdek, uydan chiqishdan oldin niqob taqish va yo‘talga qarshi so‘rg‘ich so‘rish tavsiya etiladi. Shifokor shu yo‘l bilan odam o‘zini infeksiyadan himoya qilishi mumkinligiga ishonadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus profilaktikasining oddiy usuli