15:00 / 13.10.2021
2 269

«Shahar bedarvozami, kim bo‘ldi bu erkatoylar?» videosiga izoh berildi

«Shahar bedarvozami, kim bo‘ldi bu erkatoylar?» videosiga izoh berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Shahar bedarvozami, kim bo‘ldi bu erkatoylar?» sarlavhasi ostida video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB ma’lumot berdi.

Joriy yilning 4 sentabr kuni soat 22:50 larda, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, A.Navoiy ko‘chasida haydovchi, 1991 yilda tug‘ilgan J.K. «Lacetti» rusumli, 01 168 WFA davlat raqam belgili avtomobilda xavfli manyovrlar bilan, ruxsat etilmagan bo‘lsada transport vositasiga yalt-yalt yonuvchi mayoqchalar o‘rnatgan holda harakatlangan vaqtda ushbu ko‘chada xizmat olib borayotgan YPX xodimi Z.Ahmadjanov tomonidan to‘xtatilgan. Tekshiruv davomida avtomobil yon oynalarining tusi tegishli ruxsatnomasiz qoraytirilganligi ham aniqlangan. Haydovchi YPX xodimining qonuniy talablarini bajarmagan.

Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 126, 128⁵, 135 hamda 194-moddalari tartibida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Shahar bedarvozami, kim bo‘ldi bu erkatoylar?» videosiga izoh berildi