17:27 / 13.10.2021
1 501

Jinoiy javobgarlikka tortish yoshi kattartirilmoqda

Jinoiy javobgarlikka tortish yoshi kattartirilmoqda
Jinoiy javobgarlikka tortish yoshi o‘n uch yoshdan o‘n to‘rt yoshga ko‘tarilmoqda. Jinoyat kodeksiga o‘zgartirish kiritishga doir ushbu mazmundagi qonun loyihasi Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 avgustdagi «Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi PF-6275-son Farmoni muvofiq, jinoiy javobgarlikka tortishning eng kam yoshi o‘n to‘rt yosh qilib belgilash taklif etilgan edi.

Horij mamlakatlar, xususan Germaniya, Italiya, Ispaniya, Yaponiya va MDH mamlakatlari jinoyat qonunchiligida jinoiy javobgarlikka tortishning eng kichik yoshi sifatida o‘n to‘rt hisoblanadi.

Mazkur o‘zgarishlar insonparvarlik yo‘lidagi yana bir qadam, deyish mumkin, deb yozadi deputat.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jinoiy javobgarlikka tortish yoshi kattartirilmoqda