Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev viloyatdagi ayrim rahbarlar jurnalist yoki blogerlar tomonidan tanqid qilinsa, muammo yechimi qolib, ularni izlashga tushishini tanqid qildi. Bu haqda viloyat rahbarining matbuot kotibi Ahror Sodiqov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, viloyat hokimi bu haqda 13 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan apparat yig‘ilishida gapirgan.
«Ayrim rahbarlarda ma’suliyat va fidoyilik yetishmayotgani aniq gap. Kasalini yashirsang, isitmasi oshkor qiladi deganlaridek, bugungi davrda e’tiborsiz ishlab, bajarilmagan ishni bajarildi, deb kimni aldaymiz? OAVda xatolaring e’lon qilinsa, ish qolib, jurnalist yoki blogerni izlay boshlaysan. Maktab ta’miri va unga eltadigan yo‘l va yo‘laklar oxiriga yetmagan vaqtda qaysi vijdon bilan xotirjam uxlaymiz?» — degan Zoir Mirzayev mas’ullarga yuzlanar ekan.
Ma’lum bo‘lishicha, Zoir Mirzayev mazkur apparat yig‘ilishida «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari ijrosi, umumta’lim maktablaridagi ta’mirlash va mablag‘larni o‘zlashtirish, foydalanishga topshirish dalolatnomalarini rasmiylashtirish haqida so‘z yuritgan va mas’ul rahbarlarning bu haqdagi hisobotlarini tinglagan.
Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda, shuningdek, viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi mas’ullarining talonchiligi haqida ham so‘z borgan.
«Talonchi ichimizdan chiqdi. Mahalla boshqarmasining ikki nafar xodimi kam ta’minlangan oilalar nomiga pul yozdirib, o‘zlashtirgani ma’lum bo‘ldi. Surishtiruvlar tugasin, hali boshqa odamlar ham chiqib keladi ortidan. Hali mahalla raislari murojaat qilmagan fuqarolarga hujjat rasmiylashtirganini qanday oqlaydi? Davlatni xalqqa yomonotliq qilib ko‘rsatadigan mas’ullar to‘liq qonun oldida javob beradi. Vijdonli rahbarlar ko‘p, vijdonsizlari ham kam emas», — degan viloyat hokimi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!