08:00 / 14.10.2021
2 024

Samarqanddagi qurilishda ishlayotgan ko‘tarma kran qulab tushdi

Samarqanddagi qurilishda ishlayotgan ko‘tarma kran qulab tushdi
Foto: Samarqand IIB axborot xizmati
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida ko‘tarma kran qulab tushdi, deya xabar bermoqda viloyat IIB axborot xizmati.

Qayd etilishicha, 2021 yilning 13 oktabr kuni soat 14:30 larda Kattaqo‘rg‘on shahrining Ulug‘bek Barnoyev ko‘chasida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarni qurishda foydalanilayotgan ko‘tarma kran transporti yuk og‘irligini ko‘tara olmay qulab tushgan.

Hodisa oqibatida kran haydovchisi 1991 yilda tug‘ilgan N.T. shahar tibbiyot birlashmasiga yuborilib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda haydovchining ahvoli yaxshi.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqanddagi qurilishda ishlayotgan ko‘tarma kran qulab tushdi