07:00 / 14.10.2021
1 870

33 million so‘mlik pirotexnika vositalarini noqonuniy olib kirish fosh etildi

33 million so‘mlik pirotexnika vositalarini noqonuniy olib kirish fosh etildi
Yangi yil bayrami yaqinlashgani sari mamlakatimizga pirotexnika vositalarini noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinishlar avj ola boshlaydi. Bojxona organlari tomonidan pirotexnika vositalarini noqonuniy olib kirilishiga o‘z vaqtida chek qo‘yildi.

Jumladan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan oldindan olingan ma’lumotlarga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “Vodil-Farg‘ona” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro Q.A. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi kuzatuvga olinib, Farg‘ona shahri hududida xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada mazkur avtomashina saloni va yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, dastlabki qiymati 33 million so‘mlik 218 dona “7 Shots” nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 33 million so‘mlik pirotexnika vositalarini noqonuniy olib kirish fosh etildi