10:37 / 14.10.2021
1 241

Bolasini 18 ming dollarga sotayotgan ayol 5 yilga qamaldi

Bolasini 18 ming dollarga sotayotgan ayol 5 yilga qamaldi
1993 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan ayol 3 kunlik chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘lgan. Bu haqda «Yoshlar» telekanalining «Yangi davr» dasturida ma’lum qilindi.

Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar Yangi hayot tumani bo‘limi hamda IIFMBB xodimlari tomonidan ayol 3 kunlik go‘dagini 18 000 AQSH dollariga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan.

Ma’lum bo‘lishicha, sudlanuvchi ayol 2014 yilda 1987 yilda tug‘ilgan erkak bilan shar’iy nikohda yashagan. Ikkita farzandi dunyoga kelgach, qonuniy nikohdan o‘tgan. Ammo oilaviy mojarolar sabab 2019 yilda uyni tashlab chiqib ketgan. 2021 yilda esa yana homilador ekanligini bilgan. Poytaxtda iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelgani sabab, bolasini sotmoqchi bo‘lgan.

Sud ishni o‘rganib chiqib ayolga nisbatan 5 yil qamoq jazosini tayinlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bolasini 18 ming dollarga sotayotgan ayol 5 yilga qamaldi