15:18 / 14.10.2021
1 139

Nexia’ning chiqib ketgan g‘ildiragi boshqa bir haydovchining o‘limiga sababchi bo‘ldi

Nexia’ning chiqib ketgan g‘ildiragi boshqa bir haydovchining o‘limiga sababchi bo‘ldi
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi «Nasaf TV» telekanali.

Ma’lum qilinishicha, 7 oktabr kuni soat 07:45 larda Buxoro—Nukus—Benau avtomobil yo‘lining 15-kilometri oralig‘ida, ya’ni G‘uzor tumani Toshguzar qishlog‘i hududidan o‘tuvchi yo‘lda Nexia avtomobilining orqa chap g‘ildiragi chiqib ketgan va mashina ag‘darilib tushgan.

G‘ildirak esa beton to‘siqdan o‘tib, qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan Nexia avtomobilining tom qismiga urilgan. Yengil mashina haydovchi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan G‘uzor tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Nexia’ning chiqib ketgan g‘ildiragi boshqa bir haydovchining o‘limiga sababchi bo‘ldi