20:46 / 14.10.2021
1 046

Buxoroda «Volga»ning gaz balloni portlashi oqibatida 2 kishi vafot etdi

Buxoroda «Volga»ning gaz balloni portlashi oqibatida 2 kishi vafot etdi
Kadr: Videodan skrinshot
Buxoro viloyatida «GAZ-24» (Volga) gaz balloni portladi, deya xabar bermoqda «Bu kun» informatsion dasturi.

Ma’lum qilinishicha, Buxoro—G‘uzor—Denov avtomobil yo‘lida harakatlanayotgan «GAZ-24» furgonida o‘rnatilgan ikki 50 litr hajmdagi siqilgan gaz ballonining biri portlagan. Portlashga gaz ballonidagi nosozlik sabab bo‘lgan.

Gaz balloni portlashi oqibatida avtomobilning haydovchisi va yo‘lovchisi voqea joyida halok bo‘lgan.
Hozirda voqea yuzasidan viloyat IIB tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda «Volga»ning gaz balloni portlashi oqibatida 2 kishi vafot etdi