23:30 / 14.10.2021
850

Og‘ir kasalliklarga chalingan bolalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi qaror qabul qilindi

Og‘ir kasalliklarga chalingan bolalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi qaror qabul qilindi
«Gematologik va onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qarori (643-son, 13.10.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi 2022 yil 1 yanvardan Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tarkibidan chiqariladi va mustaqil faoliyat yuritadi.

Gematologik va onkologik kasalliklarga chalingan bolalarga palliativ tibbiy xizmat ko‘rsatish Markazning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

Qaror bilan Markazni samarali tashkil etish va rivojlantirishga oid konsepsiya tasdiqlandi.

Onkologik va gematologik bemorlarga respublika bosh tibbiyot tashkilotlarida davolanish uchun imtiyozli yo‘llanma berilgan taqdirda ularning transport xarajatlari mahalliy budjetdan qoplab beriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Og‘ir kasalliklarga chalingan bolalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi qaror qabul qilindi