09:18 / 15.10.2021
1 069

O‘zbekistonda ayollar ko‘pmi yoki erkaklar?

O‘zbekistonda ayollar ko‘pmi yoki erkaklar?
Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonda qaysi jins vakillari ko‘proq ekanini ma’lum qildi.

«O‘zbekistonda ayollar ko‘pmi yoki erkaklar, degan savolga deyarli barcha ayollar ko‘p deb javob beradi. Ko‘pchilik ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari bir yigitga nechtadir qiz to‘g‘ri keladi, deb izohlar qoldirdi. Lekin ishoning, rostan ham erkaklar soni ko‘p. Oxirgi yillarda o‘g‘il bolalar tug‘ilishi ko‘paygan. Aynan shuning hisobiga respublikamizda ayollar soniga nisbatan erkaklar soni oshgan», — deb qayd etgan qo‘mita.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning 1 oktabr holatiga ko‘ra respublikaning doimiy aholisi soni 35 079 190 kishini tashkil etmoqda.

Shundan:
ayollar — 17 432 730 nafar;
erkaklar — 17 646 460 nafar.
Erkaklar soni ayollarga qaraganda 213 730 nafarga ko‘p.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda ayollar ko‘pmi yoki erkaklar?