11:38 / 16.10.2021
2 001

«5 yil bo‘ldi, «maska-shou»larni to‘xtatdim» – Shavkat Mirziyoyev

«5 yil bo‘ldi, «maska-shou»larni to‘xtatdim» – Shavkat Mirziyoyev
Foto: Milliy mass-media fondi
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati saylovchilari bilan uchrashuv davomida tadbirkorlikka ajratilgan pullar talon-toroj bo‘lgani haqida aytib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Men hududlarni rivojlantirishga katta pullar ajratdim, lekin ko‘pchilik joylarda bu pullarni “hazm” qila olishmadi. Tadbirkorlikka ajratilgan pullar talon-toroj bo‘ldi. Chunki joylarda bunga tayyor bo‘lishmagan. Mayli, bu ham o‘tishimiz kerak bo‘lgan jarayon. Javobgarlikka torttirmadim, lekin har bir pulni joyiga qo‘ydirdim.

Hozir asta-sekin pullarni to‘g‘ri sarflashni o‘rganyapmiz, tadbirkorlarimiz ham ishonib, katta-katta loyihalarni amalga oshirishyapti. Chunki 5 yil bo‘ldi, “maska-shou”larni to‘xtatdim, tadbirkorlar qo‘rquvsiz, erkin ishlashyapti.

Mana, Namangandagi tadbirkor 80 mln dollar aylanma mablag‘i borligini aytyapti. Toshkent viloyatida imkoniyatlar bundan ham ko‘p. Men bu viloyat har jihatdan birinchi bo‘lishiga ishonaman
”, – dedi prezidentlikka nomzod.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «5 yil bo‘ldi, «maska-shou»larni to‘xtatdim» – Shavkat Mirziyoyev